Samarqanddagi tibbiy parazitologiya institutida shart-sharoitlar yaxshilanadi

Bugun, 16 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov L.M.Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimi muassasa bosh binosi va parazitologik, serologik, molekulyar biologik, entomologik laboratoriyalar, kutubxona va institut muzeyini ko‘zdan kechirdi. Institut faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, xodimlar va bemorlarga zarur shart-sharoit yaratish, boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan mutasaddilarga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Tibbiy muassasa binolarini ta’mirlash, isitish tizimini yaxshilash va zaruriy jihozlar sotib olish uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.