Samarqandga 4 ta chiqindi tashuvchi texnikalar olib kelindi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Anvarjon biznes invest» MChJga Xitoydan 4 ta yangi zamonaviy chiqindi tashuvchi texnika vositalari keltirildi.

Ayni damda tumanda chiqindi tashish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatish 91 foizga yetgan. Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlarida xizmat ko‘lamini 100 foizga yetkazish uchun esa yil oxiriga qadar yana 4 ta texnika vositasi sotib olish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasi doirasida xarid qilingan 300 dona "Isuzu" rusumli chiqindi yig‘uvchi maxsus texnikalar Ekologiya vazirligi tomonidan respublikamizning barcha viloyatlardagi sanitar korxonalariga 10 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida lizingga berilmoqda.