Samarqandlik uch nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi 5 400 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdi
Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shma qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli bilan taqdirlab kelinmoqda.
Joriy yilda ham o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari 5 400 000 co‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bular orasida Samarqand viloyatidan 4 nafar o‘qituvchi ham bor. Jumladan:
1. Samarqand tumani 10-maktab o‘qituvchisi Shodiyev Orifjon Olimovich.
2. Samarqand tumani 21-maktab o‘qituvchisi Aminova Dilafro‘z Parvizovna.
3. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 5-sonli maktab o‘qituvchisi Bobonazarov Shohrux Sherzod o‘g‘li.
4. Toyloq tumani 13-sonli maktab o‘qituvchisi Qurbonov Mehroj Akbar o‘g‘li.