Samarqandliklarning paxta xirmoni 258 ming tonnadan oshdi

Viloyatimizda paxta yig‘im-terimi jadal davom etmoqda. Paxtakorlarimiz 261 ming tonnadan ortiq xirmon yaratish uchun astoydil harakat qilmoqda.

Viloyatimizning paxtakor tumanlaridan Nurobod va Ishtixon tumani paxtakorlari ancha kun avval oldilariga qo‘ygan marrani zabt etishgan bo‘lsa, kecha Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Payariq va Oqdaryo tumani paxtakorlari ham zimmalaridagi majburiyatni ado etishdi.

Bugungacha paxtakorlarimiz 258 ming tonnadan ortiq "oq oltin" xirmoni yaratdi. Muhimi, o‘rtacha hosildorlik 40 sentnerdan ziyod.