SamDAQI o‘qituvchisi 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushdi
- 30.06.2020 17:33
- 2404
- Jinoyat va jazo
2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 1987 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSh dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va’da qilayotgani, oldindan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini so‘rayotgani, qolganini o‘qishga kirgandan keyin olishini bildirayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu fuqaro ariza muallifidan 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa