SamDChTI professor-o‘qituvchilari ishtirokida ingliz tilidan televizion darslar boshlandi
- 14.04.2020 17:07
- 120
- Ta’lim

Samarqand davlat chet tillar instituti va "Samarqand" telekanali hamkorligida yangi loyiha amalga oshirilmoqda.
Institut professor-o‘qituvchilari ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan “Ingliz tilini boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun” teledarsini olib bormoqda.
Teledarslarni sifatli tashkil etish maqsadida unga institutning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan hamda til o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalardan xabardor professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.
Teledarslar har kuni “Samarqand” telekanalida soat 17:40 da efirga uzatilmoqda.
Kursda olib borilayotgan videodarslar bilan institutning telegram kanali va veb-saytida tanishish mumkin.
Asilbek ABDURAIMOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Turli millatdanmiz, lekin o‘zbekistonlikmiz!
- Bugun, 07:20
- Madaniyat
Dunyoga tikilgan ko‘zlar...
- Kecha, 18:06
- Mutolaa