SamDChTIning yotoqxonasi dasturga kiritilsa-da, nega ta’mirlanmayapti?
Ijtimoiy tarmoq foydaluvchilarining shu mazmundagi savoliga viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi mutasaddilari quyidagicha javob berdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi, 43-uy manzilda joylashgan 200 o‘rinli 2-talabalar turar joyi binosini rekonstruksiya qilish belgilangan.
Ushbu ob’yektda olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmachiligi asosida olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Qarorga asosan Samarqand davlat chet tillar institutining qayd etilgan talabalar turar joyi uchun respublika byudjetidan 8 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Joriy yil sentyabr oyiga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan ushbu qurilish-ta’mirlash ishlari pandemiya tufayli kechiktirilgan, aniqrog‘i 2021 yilga ko‘chirilgan. Bunga Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori asos bo‘lgan.
Takidlash lozim, ushbu ob’yektda belgilangan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish viloyat hokimligi yoki unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar vakolatiga kirmaydi.