SamDTIga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shifokorlar 18 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Urgut tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokori o‘zining yuqori martabali tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 18 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tadbir davomida uning hamkori bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali shifokori ham ushlangan.

Ushbu faktlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash jarayonlari olib borilmoqda.

O‘zA.