SamDU talabalari uchun ikkita o‘quv binosi, uchta yotoqxona qurilmoqda

Samarqand davlat universitetida qo‘shimcha 2 ta o‘quv bino qurilyapti. Ulardan biri biologiya fakulteti binosi yonida bunyod etiladi. Ushbu bino biologiya fakulteti uchun yangi zamonaviy laboratoriyaga mo‘ljallangan.

- Bino qurilishi bitgach, unga zamonaviy laboratoriya jihozlari keltiramiz, - dedi universitet rektori Rustam Xolmurodov. – Laboratoriya biologiya fakulteti uchun juda muhim. Nasib bo‘lsa, talabalar va o‘qituvchilar orzu qilgan laboratoriya bo‘ladi.

Ikkinchi o‘quv bino 1900 o‘rinli bo‘lib, universitet bosh binosi yonida qurilmoqda.

Bundan tashqari, talabalar uchun 3 ta zamonaviy yotoqxona qurilishi boshlangan. Ushbu binolar yaqin oylarda bitkazilishi rejalashtirilgan.

Xurshida ERNAZAROVA.