SamDUning iqtidorli talaba-yoshlari taqdirlandi

Samarqand davlat universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarni rag‘batlantirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Ulug‘bek, Islom  Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblariga faxriy yorliq va kitoblar sovg‘a qilindi.

Universitetda kimyo va kimyoviy texnologiyalar, geometriya va chizmachilik, astranomiya, mashina va mexanizmlar nazariyasi, marketing, zoologiya, pedagogika, geografiya, musiqa nazariyasi, o‘zbek va tojik tili adabiyoti singari fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirgan yigit-qizlar ham talaygina. Ushbu fanlar bo‘yicha tashkil etilgan Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.

G‘oliblarni SamDU yoshlar bilan ishlash prorektori Alisher Eshtoyev, O‘zbekiston Resputsblikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Eldor Shermonovlar taqdirladi.

Ilm dargohida san’atshunoslik, tarix, filologiya, biologiya fakultetida ham fanga va o‘zlari tanlagan kasbga mehr qo‘ygan talaba-yoshlar tahsil olishmoqda. Xususan, musiqa va san’at sirlarini o‘rganayotgan talaba–yoshlar o‘rasidagi iqtidor sohiblari, ”Jonajon O‘zbekistonim– mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tgan Respublika talaba-yoshlar festivalida, turli tanlovlarda g‘oliblik shohsupasidan o‘rin olgan talabalar mukofotlandi.

“Yosh kitobxon”, “Men saylovda kelajagim uchun ovoz beraman”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning burchi”, “Insho – savodxonlik mezoni” nomli ko‘rik-tanlov g‘oliblari, mamlakat, Osiyo va jahon sport maydonlarida, xususan, 2019 yilning 22-30 oktyabr kunlari Xitoy xalq Respublikasining Sian shahridagi Shansi pedagogika universitetida xalqaro ipak yo‘li universitetlararo futbol kubogi musobaqasida SamDU jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallagani, Shimoliy Koreyada bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika musobaqasida Azimjon Hojiyev oltin, Avazbek Abdujalilov kumush medal bilan taqdirlangani e’tirof etildi.

Dilmurod DO‘STMURODOV.