Sankt-Peterburgda tog‘asini o‘ldirganlikda gumonlangan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
- 14.10.2019 10:39
- 95
- Xorij

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi fuqaro Sh.I.ning o‘limiga olib kelgan janjal haqida bir qator ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotni tasdiqladi.
Marhumnig jiyani F.K. qotillikda gumon qilinmoqda. U hibsga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Bosh konsullik ushbu vaziyatni nazoratga olib, tergov organlariga hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rab murojaat qildi.