Sankt-Peterburgda zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

O‘zbekiston TIV Sankt-Peterburgda zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonlik ayol N.X.ning zo‘rlangani bo‘yicha jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqlagan.

Ushbu holat bo‘yicha boshqa O‘zbekiston fuqarosi N.X. qo‘lga olingan. Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Ma’lumot uchun: joriy yilning 10 avgust kuni tungi soat 02:00 da Dimitrov ko‘chasida 35 yoshli jabrlanuvchi bilan birga yashovchi shaxs o‘z tanishi bilan uni kaltaklab, zo‘rlagan. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan peterburglik Buxarest ko‘chasida zo‘rlangan ayolni ko‘rganini aytgan.

Voqea joyiga yetib kelgan uchastka noziri 35 yoshli ayolni o‘zi bilan yashovchi 40 yoshli erkak va uning 43 yoshli tanishi zo‘rlaganini aniqlagan. Erkaklarning har ikkisi ham o‘zbekistonlik bo‘lgan.