Sanoati orqada qolgan Samarqanddagi 10 ta tumanni rivojlantirish uchun 5,3 milliard so‘mlik 778 ta loyiha ishlab chiqildi
Viloyatning sanoati rivojlanishi nisbatan past bo‘lgan 10 ta hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq umumiy qiymati 5 331,7 milliard so‘m hamda yangi ish o‘rinlari qamrovi 12 088 nafardan ortiq bo‘lgan 778 ta loyiha ishlab chiqildi.
Bu haqda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayev xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n beshinchi sessiyasida deputatlarga ma’lum qildi.
Shundan, 609 loyihaga 1 635,8 milliard so‘m bank krediti ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bugungacha mazkur loyihalarning 580 tasiga 1 371,8 milliard so‘m kredit ajratilgan.
Dasturga kiritilgan yana 29 loyihaga 239,6 milliard so‘m kredit ajratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
9 oyda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining:
- 2 723 tadbirkorga ajratilgan 2 311,5 milliard so‘mlik kredit bo‘yicha 233,1 milliard so‘m kompensatsiya;
- 362 tadbirkorga ajratilgan 512,6 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha 185,7 milliard so‘mlik kafilligi jalb qilindi.
Shuningdek, aprel-sentyabr oylarida 2 357 tadbirkorga ajratilgan 205,5 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha jamg‘armaning har ikkala moliyaviy ko‘magi, ya’ni ham foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya va kafillik jalb qilindi.