Saudiya Arabistoni koronavirus muammosiga bag‘ishlangan G20 formatidagi favqulodda sammit chaqirdi

Saudiya Arabistoni hukumati kelgusi haftada “Katta yigirmatalik” davlatlarini favqulodda sammitga chaqirdi. Yig‘ilish masofadan turib, onlayn tarzida o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Saudiya Arabistoni G20 davlatlari rahbarlari bilan kelgusi haftada COVID-19 pandemiyasi muammosi va chora-tadbirlariga bag‘ishlangan favqulodda virtual sammit o‘tkazish uchun muloqot bog‘lamoqda”, deyilgan sammit sayti xabarida.

Saudiya Arabistoni pandemiyaning salbiy oqibatlarini qisqartirish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi ma’lum qilingan.

P.S. Saudiya Arabistoni joriy yilda G20 mamlakatlarining vakil mamlakati hisoblanadi.