Sayyoradagi quyosh botmaydigan joylar

Ko‘pchiligimizga bolaligimizdan quyosh sharqdan chiqib, g‘arbda botishi haqida aytib kelishgan. Mabodo bu haqiqat bo‘lmasa-chi?

Yer kutilmagan hodisalarga boy va unda g‘alati hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Bugun dunyodagi boshqa qiziqarli faktlar orasida Yerdagi quyosh deyarli botmaydigan joylar mavjudligi haqida bilib olamiz.

Hammerfest va Shpitsbergen. Norvegiya

Norvegiya yarim tungi quyosh mamlakatidir. Shimoliy qutb doirasida joylashgan mamlakat o‘zining manzarasi va yorqin quyoshi bilan mashhur. Norvegiyaning eng shimoliy shahri bo‘lgan Hammerfest Struvegeodeziya yoyi ahamiyati tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi ob’yekti, deb e’lon qilingan. Hammerfestda quyosh 12:43 da botadi va 40 daqiqadan keyin yana chiqadi.

Quyosh Norvegiyaning yana bir mintaqasi - Shpitsbergen orolida uzluksiz 10 apreldan 23 avgustgacha porlab turadi.

Islandiya

Исландия

Shimoliy yog‘dulari bilan mashhur bu mamlakat Yevropadagi Buyuk Britaniyadan keyingi eng katta orol. Va bu yerda chivinlar yo‘q!

Bu chivinsiz tunlardan bahramand bo‘lish uchun hududga tashrif buyurishni istagan ko‘plab odamlar uchun haqiqiy jannatdir. Iyun oyida bu yerda quyosh hech qachon botmagani sababli orolda tun bo‘lmaydi. Qutb doirasidagi Grimsi oroli va Akyureyri shahri yarim tun quyoshi ostida yurish uchun eng yaxshi joylar hisoblanadi.

Yukon. Kanada

Davlatning ikkinchi yirik mintaqasi yilning ko‘p qismida qor bilan qoplangan. Biroq, yozda mamlakat shimoli-g‘arbiy qismidagi Yukonda quyosh ketma-ket 50 kun davomida porlaydi. Yovvoyi gullar va turli xil ko‘chmanchi qush turlari orqali toza muhit yaratilgan shahar o‘zining go‘zal osmoni va cheksiz yoz yorug‘ligi tufayli yarim tungi quyosh makoni sifatida tanilgan.

Kaanaak. Grenlandiya

Grenlandiyaning eng shimolida joylashgan bu shaharning 650 ga yaqin aholisi bor. Shahar Arktika doirasining shimoliy qutbida joylashgan, shuning uchun u yerdagi qish qorong‘u va juda sovuq. Ammo apreldan avgustgacha yarim tunda ko‘tarilgan quyosh ikki yarim oy davomida uzluksiz porlaydi.

Bu aholidan uxlash uchun qora pardalardan foydalanishni talab qiladi. Kechalar shunchalik go‘zalki, hech bir inson so‘zlari ularni to‘g‘ri tasvirlab bera olmaydi.

Kiruna. Shvetsiya

Shvetsiyaning 19 000 kishilik eng shimoliy shahrida quyosh yiliga 100 kundan ortiq botmaydi. Quyoshsiz davr esa yilning may oyidan avgustgacha davom etadi.

Qayerda Quyosh umuman yo‘q?

Torsxavn. Daniya


Farer orollaridagi Torsxavn shahrida odamlar yanada bulutli va noqulay sharoitlarda yashashadi. Bu yerdagi iqlim xayrixoh emas: yomg‘ir, tuman va bo‘ronli shamollar odatiy holdir. Quyosh esa bu joylarda juda kam uchraydigan mehmon, uni yiliga faqat 35 kun ko‘rish mumkin.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.