“SBTUIT OPEN 2019” olimpiada g‘oliblari aniqlandi
- 16.12.2019 20:40
- 152
- Ta’lim

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyat oliy ta’lim muassasalarining I bosqich talabalari, akademik litsey, kollej va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha “SBTUIT OPEN 2019” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin TATU Samarqand filiali akademik litseyi o‘quvchisi Maqsud Bahriddinov, 2 va 3-o‘rinlar TATU Samarqand filiali talabalari Akbar Abdullayev, Sharof Xudoyberdiyevga nasib etdi.
Tanlovning “Eng yaxshi dasturchi qiz” nominatsiyasida Samarqand davlat universiteti talabasi Mahbuba Salimova, “Eng tez ishlangan masala” nominatsiyasi bo‘yicha esa TATU Samarqand filiali talabasi Shehroz Nurliyev g‘olib deb topildi.
TATU Samarqand filiali axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 54 daqiqa avval
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 55 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
O‘zi ham, xodimlarga ham diktant yozdirgan muharrir edi
- 60 daqiqa avval
- Mutolaa
Ayol muhabbatdan iborat
- Bugun, 11:24
- Mutolaa