Shahar va tuman hokimlariga kimlar ijodiy maslahatchi etib biriktirilgan?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi qaroriga asosan faxriy unvonlarga ega bo‘lgan san’atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari tuman va shaharlar hokimlariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida, jamoatchilik asosida biriktirilgan.
Unga ko‘ra, quyidagilar Samarqand viloyatidagi shahar va tumanlar hokimlarining ijodiy maslahatchilari hisoblanadi:
Samarqand shahar hokimiga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh dirijyori Fazliddin Yaqubjonov;
Bulung‘ur tumaniga - O‘zbekiston xalq artisti Mardonqul Mavlonov;
Jomboy tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Milliy akademik teatri aktrisasi Saida Rametova;
Ishtixon tumaniga - xonanda Anvar Sanayev;
Kattaqo‘rg‘on tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Milliy akademik teatri aktrisasi Ra’no Yarasheva;
Qo‘shrabot tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov;
Narpay tumaniga - O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev;
Nurobod tumaniga - “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Musayeva;
Oqdaryo tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navro‘z” ashula va raqs ansambli xonandasi Zarif Azizov;
Payariq tumaniga - O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti Avazxon Radjabov;
Past Darg‘om tumaniga - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Feruz Burhonov;
Paxtachi tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Samarqand viloyat musiqali drama teatri aktyori Solijon Hakimov;
Samarqand tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktrisasi Mehriniso Hakimova.
Toyloq tumaniga - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktrisasi Lola Eltoyeva;
Urgut tumaniga - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli xonandasi, O‘zbekiston xalq hofizi Abdunabi Ibragimov.
Eslatib o‘tamiz, ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi o‘zlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat.