Sirli dengiz

Marmar dengizi sayyoramizda eng kichkina suv havzasi hisoblanadi. Ammo uning noyobligi faqat bunda emas.

Hajmining uzunligi 280 kilometr va eni 80 kilometr bo‘lishiga qaramasdan, o‘rtacha chuqurligi 1370 metrligi kishini hayratga soladi. Buning ustiga, u juda xavfli: o‘ta yuqori kuchdagi zilzilaga moyilligi tufayli tez-tez yer silkinishi va dahshatli dovul ro‘y berib turadi.

Og‘irligi bir tonna tanga

Avstraliyada qadimdan tanga chiqarib kelinayotgan Preth Mint tanga sexida og‘irligi bir tonna oltin tanga yasaldi.
Uning bir tarafida Yelizaveta II ning, ikkinchi tomonida kenguruning tasviri tushirilgan. Rekord kattaligidagi pul belgisining aylanasi 80, qalinligi 12 santimetr. Ilgari bunday ulkan tanga faqat loyiha edi. Hozirgi tanga to‘liq amaldagi bahoga ega: Avstriyaning bir million dollariga teng holda, aslida 57,34 million dollar turadi.

Pichoqlardan... farishta

Ha, Buyuk britaniyalik rassom Alfi Redli 100 mingta pichoqdan farishta haykalini yaratdi. Uni tayyorlashga ikki yil vaqt ketgan. Materiallari oddiy oshxona pichoqlari, ilgari ular jinoyatchilar tomonidan foydalanilgan.
Bu ishda rassomga suddan keyin metallarni qayta ishlagan Shropshira laboratoriyasining Britan markazi katta yordam berdi.

T.Shomurodov tayyorladi.