Sirli hodisalar: Robertning arvoh do‘sti, o‘rmondagi qiz

…Adamovlar oilasi 2002 yilda yangi uyga ko‘chishdi. Kichkintoy o‘g‘li Robert juda odamovi edi. Uning Shon degan do‘sti paydo bo‘lganini eshitib, ota-ona xursand bo‘lishdi.

Biroq Shonni uyiga kirmasligi, ko‘zga ko‘rinmasligi g‘alati edi. Ota-onaning, "Shonni bizga tanishtir, uyga taklif qil", deganini Robert paysalga solardi.

Bir kuni Robert Shon bilan sayr qilaman deb chiqib ketganida ota-ona uni zimdan poylashdi. Biroq buni sezib qolgan Robert darhol uyga qaytib kirdi. "Qiziq, Shon degani kim bo‘ldi ekan?"

Sirni tagiga yetish uchun barcha qo‘ni-qo‘shnilardan  surishtirishdi, biroq bu atrofda Shon degan bola  yashamas ekan. Keyin bilishsa, besh yil avval avtohalokatda Shon Ferri degan yetti yoshli bolakay halok bo‘lgan ekan. Robert uni arvohi bilan do‘stlashib qolgan edi. Ota-onasi Robertni uydan chiqarmay qo‘yiishdi. U ikki yil - 10 yoshga kirguncha Shonni qumsab yashadi, keyin asta-sekin unutdi.

***

…Boshqird qishloqlaridan biri yaqindagi o‘rmonda aholining qishloqdoshi bo‘lgan qizning arvohi yashaydi. Noma’lum sababga ko‘ra u o‘zini osib o‘ldirgandi.

Hayotdan nolimagan sho‘x-shodon qizning o‘limi sababi sirligicha qolgandi. Uning jilmayib turishi, do‘stona qiyofasi o‘lganidan keyin ham saqlanib qolgandi.

…Odamlar o‘rmonda uni tez-tez uchratar, u tabassum bilan qayerda meva, qo‘ziqorin ko‘pligini ko‘rsatardi. Qishloqdan bir kishi neft quvuri yotqizayotgan quruvchilardan xufiyona quvur sotib olib, o‘rmonga yashirib qo‘yadi. Qorong‘i tushgach, olib kelish uchun borsa, quvur yo‘q. "Adashib, boshqa joyga yashirgandirman", deb atrofni qidirib chiqadi. Yo‘q! Shu payt jilmaygan qizning arvohi paydo bo‘ladi. "Mabodo quvurni qidirayotgan bo‘lsangiz, u yo‘q, uni qo‘shningiz olib ketdi", deydi kulib. O‘g‘rini qaroqchi urgandi.

T.Shomurodov tayyorladi.