Sodiq Safoyev: "ShHTning maqsadi – yangi devorlar emas, yangi ko‘priklar qurish"

Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, ShHTning asosiy kuchi – u qandaydir blok yoki yopiq tuzilma bo‘lishdan yiroqligi. Bu tashkilot hamisha turli ko‘rinishdagi hamkorliklar uchun ochiq va Samarqand sammiti ham tashkilot xalqaro o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlik barpo etish uchun platforma ekanini isbotlashi kerak.

"ShHT sammiti qandaydir qarama-qarshiliklarni kuchaytirish yoki yangi devorlarni barpo etish, yangi chegaralarni belgilash emas, balki yangi ko‘priklarni qurish, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga qaratilgan anjuman bo‘ladi", deya qayd etdi Senat raisi o‘rinbosari.