Solomon orollarida dastlabki koronavirus holati qayd etildi

Bu haqida 3 oktyabr kuni mamlakat Bosh vaziri Manasse Sogavare ma’lum qildi. 

“Endi bizda ham COVID-19 holati mavjud. Kasallangan – Filippindan uchib kelgan talaba. Menga buni aytish og‘ir, biz koronavirusdan xoli davlat statusini yo‘qotdik”, - dedi Sogavare o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Ma’lum qilinishicha, infeksiya talaba mamlakat poytaxti Xoniaruga uchib kelganidan so‘ng, odatiy test tahlili vaqtida aniqlangan. Shu bilan birga, bemorda koronavirus belgilari kuzatilmagan. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, talabaning Solomon orollaridan ketish vaqtida topshirgan test tahlilida COVID-19 aniqlanmagan. 

Ayni vaqtda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bemor bilan muloqotda bo‘lgan odamlar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Sogavare hozircha mamlakatda karantin joriy etilishi to‘g‘risida so‘z bormayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 4 oktyabr holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus bilan zararlanganlar soni 34,7 milliondan ziyod, ushbu infeksiya tufayli vafot etganlar esa 1 million 35 ming nafarga yaqin.