So‘nggi 14 kunda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 1000 nafarga yaqin bemor aniqlandi
- 05.06.2020 20:30
- 149
- COVID-19
Bu haqda bugun AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi:
So‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari (47 %) — aholi orasidan, 525 nafari (53 %) — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan.
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 49 117 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.
Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda — 18 655 ta, epid mavsum davomida — 748 555 ta test sinovi o‘tkazildi.