"Super" kontrakt uchun arizalar 10 oktyabrdan keyin qabul qilinadi

AOKAda Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida yangi o‘quv yilining boshlanishi, magistraturaga qabul va ijodiy imtihonlar yakunlari hamda boshqa sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda "Oshirilgan kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlarga 10 oktyabrgacha vaqt kerak bo‘ladi. Chunki OTMlar talabalikka tavsiya etilgan talabalar bilan kerakli jarayonlarni bajarib bo‘lganidan keyin ushbu masala bilan shug‘ullanishni boshlaydi", dedi Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov.