Tabiat sivilizatsiyani mag‘lub etganda butun dunyo bo‘ylab topilgan ajoyib fotosuratlar

Inson qanchalik harakat qilmasin, o‘simliklar va daraxtlar, agar ularga yetarli vaqt yoki imkon berilsa, hech bo‘lmaganda binolar yoki jihozlarni egallab olib, zarar yetkazishga (balki bezashgadir) qodir. Quyida, tabiat o‘ziga erk berib sivilizatsiyaga taslim bo‘lmagan bir nechta misollarni keltiramiz.

Ushbu rasmda chirmoviq avvaliga stulni egallab olib, shamol qo‘ng‘irog‘ini to‘sish uchun shiftga qarab ko‘tarilyapti. Ko‘rinishidan, tabiat jimlikni afzal ko‘radi.

Daraxt yo‘l belgisini yutib yubormoqchi - lekin belgining yo‘lovchini ogohlantiruvchi asosiy qismi hali ko‘rinib turibdi.

Mana bu daraxt esa yo‘l belgisi o‘rnatilgan ustuni orqali o‘sib chiqishni uddalabdi.

Irlandiyadagi Lox-Ki orolidagi egalari tashlab ketilgan tashlandiq Mak Dermott qal’asining o‘zini ko‘katlar bilan o‘rab olishdan boshqa chorasi qolmadi. Va u yer yuzidagi jannatning bir qismiga aylandi.

Bu o‘simlik bir necha oydan beri mening supurgimni o‘g‘irlash niyatida...

 

Ko‘rinishi juda agressiv...

Sun’iy gazonni yengib o‘tib, haqiqiy ko‘kat unib chiqibdi.

Yana birmuncha vaqt o‘tib, bu tashlandiq uy butunlay qum bilan tekislanadi.

Kema qoldiqlari yam-yashil orolga aylangan.

Bu pianinoda kuy chalib bo‘lmasa kerak, lekin ko‘rinishi juda sehrli...

Bu gulning maqsadi bitta edi...

Bu avtomobil egasi endi jarimani to‘lashi dargumon.

B.Muhammadiyeva to‘pladi.