Tadbirkorlik rivojlantirilib, bandlik oshiriladi
Viloyatda yarim yil davomida "2 million aholini biznesga jalb qilish dasturi" doirasida 156 ming aholi biznesga jalb etilgan. Bunda o‘zini-o‘zi band qilishda 126,6 ming, YaTTlarda 11,9 ming, yangi tadbirkorlik sub’yektlarida 4,7 ming, dehqon xo‘jaliklarida 12,9 ming aholi bandligi ta’minlangan.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun 54 ta davlat aktivlari auksionga chiqarilib, 59 ta ob’yekt 69,2 milliard so‘mga sotilgan. Shu davrda 2,8 mingta xizmat va servis ob’yektlari ishga tushirilib, 83,4 ming ish o‘rni yaratilgan.
Qiymati 116,5 milliard so‘mlik 77 ta xalqaro yo‘l bo‘yi loyihalarida 343 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Ushbu yo‘nalishda yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan rejalar raqam va samara yanada yuqori bo‘lishiga qaratilgan. Jumladan, “2 million aholini biznesga jalb qilish dasturi” doirasida 228 ming aholi biznesga jalb etiladi.
84 ta davlat aktivlarini auksionga chiqarish orqali byudjetga 126,4 milliard so‘m tushum tushishi ko‘zda tutilyapti.
Joylarda 2,7 mingta xizmat va servis ob’yektlari ishga tushirilib, 86,6 ming aholi bandligi ta’minlanadi.
Xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida qiymati 839,4 milliard so‘mlik 140 ta loyiha amalga oshiriladi va 1974 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Umuman, ortda qolgan olti oyda viloyatda 149,5 ming o‘rniga amalda 215,9 ming (136,5 ming doimiy, 79,4 ming mavsumiy va vaqtinchalik) ish o‘rinlari ochiladi.
Bu ko‘rsatkich 3,5 ming investitsiya loyihalarida, 105,3 ming xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasida, 98,8 ming qishloq xo‘jaligida, 8,3 ming qurilish sohasida qayd etilgan.
Misol uchun, Samarqand shahrida "Samarkand apparel" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan may oyida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasida 145 ta ishsiz aholining doimiy bandligi ta’minlangan.
Yil yakunigacha yana 128,5 ming aholining doimiy, 72,4 ming kishining mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligi ta’minlanadi.
Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 107,1 ming aholi daromadini oshirish va 25,1 ming iqtisodiy nochor oilalar manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi yil boshidagi 10,5 foizdan 7,7 foizgacha tushiriladi.