Tadqiqot: COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganlar uch marta kamroq kasal bo‘ladi
Londondagi «Imperial» kolleji tadqiqotchilari va Ipsos MORI marketing tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 vaksinasining ikkita komponentini olgan odamlarning emlanmagan odamlarga qaraganda koronavirus yuqtirish xavfi uch baravar kam.
Koronavirusni monitoring qilish dasturi REACT-1 nomli tadqiqot natijalari Angliyada 24 iyundan 12 iyulgacha bo‘lgan 98 233 kishidan olingan test natijalariga asoslangan.
"Bugungi natijalar COVID-19 ga qarshi emlashning muhimligini yaqqol ko‘rsatdi. Chunki ushbu bosqichda emlanmaganlarda to‘liq emlanganlarga qaraganda ijobiy test natijasi uch barobar ko‘proq", dedi Ipsos MORI jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha boshqaruvchi direktor Kelli Beaver.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar to‘liq emlangan odamlar emlanmaganlarga qaraganda virusni boshqalarga yuqtirish ehtimoli kamroq, chunki ular o‘rtacha virus yukiga ega bo‘lib, virusni kamroq ajratadi, degan xulosaga kelishdi.