Talabalar yosh olimning “shirin kartoshkasi” bilan tanishdilar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida bo‘ldi.

Ular o‘zaro hamkorlik hamda agrobiznesda innovatsion faoliyat fani doirasida filialning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha falsafa doktori Anvar Shamsiyev tomonidan olib borilayotgan batat (shirin kartoshka)ning ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi mavzusidagi ilmiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

- Batatni ko‘proq xitoyliklar yetishtiradi, ta’mi shirin bo‘lgani uchun kartoshkaga o‘xshatishadi. Hozircha batat urug‘ini filialimizga ajratilgan yer maydonining 10 sotixiga ekdik, - dedi yosh olim A.Shamsiyev. – Fermer xo‘jaliklari tomonidan ham talabga qarab urug‘lik yetkazib beryapmiz. Masalan, jomboylik fermer 10 sotix, toyloqlik fermer 5 sotix yer uchun urug‘lik olib ketdi. Kelajakda batatni O‘zbekistonda ommalashishiga ishonaman. 

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida noan’anaviy tuganak mevali ekinlardan biri bo‘lgan batat talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Qolaversa, bu kabi uchrashuvlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.