Tanzila Norboyeva Valentina Matviyenkodan Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga amaliy yordam berishni so‘radi
8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi.
Maktubda qardosh Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib o‘tishiga chin dildan tilak bildirib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi hukumatining fuqarolarimizning Rossiyada bo‘lib turishi uchun ruxsat etilgan muddatni uzaytirish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish zaruratisiz mehnat faoliyatini davom ettirish uchun yangi patentlar olish shartlarini yengillashtirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham e’tibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan joriy yil 5 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilgan edi.