Tarixiy tasodiflar: Napoleon va Gitlerning 129 yillik o‘xshashlik harakati

Hayot haqiqatan ham bir qator tasodiflardan iboratmi? Yoki taqdir bizga yo‘l ko‘rsatganicha harakatlanaveramizmi? Bu savolga ko‘pchilik"bunisi  ham, unisi ham", deb javob berishi tayin.Tarixda barcha tasodiflarni katta shubha ostiga qo‘ygan voqealar sodir bo‘lgan.

YeKLAMA

“1Gai.ru” sayti ana shunday “taqdir hazillari”ni to‘pladi.

Napoleon va Gitler bir-biridan roppa-rosa 129 yil farq bilan armiya safiga qo‘shilgan.

Ikkalasi ham 129 yil vaqt oralig‘i bilan hokimiyatni egallab olgan, 129 yil farq bilan (Napoleon 1812 yilda, Gitler 1941 yilda) Rossiyaga urush e’lon qilgan va bir-biridan 129 yil farq bilan urushda mag‘lub bo‘lgan.

***

1922 yilning 20 dekabrida Amerikadagi Guver to‘g‘oni qurilishi vaqtida noxush holat sodir bo‘ldi. O‘shanda 112 kishi halok bo‘lib, birinchibo‘lib Jon Jyey Tirni ismli ishchi vafot etgandi.

Ushbu qurilishdagi birinchi fojiadan roppa-rosa 13 yil o‘tib, 1935 yilning 20 dekabrid, yana birishchi vafot etdi. Bu odam Jon Jyey Tirnining o‘g‘li Patrik Jey Tirni edi. Ota va o‘g‘il 13 yil farq bilan bir kunda, bir xil taqdirni baham ko‘rdi.

***

2000 yilda Amerikada “Deus Ex” video o‘yini chiqarildi. Shunda o‘yin dizaynerlaridan biri Nyu-York shahri landshaftiga Egizak minoralarni qo‘shishni unutib qo‘ygan ekan.

O‘yin chiqqanidan bir yil o‘tib, 2001 yilning 11 sentyabrida Egizak minoralar terrorchilar tomonidan hujumga uchradi. Shunday qilib, “Deus Ex” beixtiyor Amerikaning kelajagini bashorat qildi.

***

Janubiy afrikalik astronom Daniyel dyu Tua o‘zshogirdlariga ma’ruza qila turib, odam to‘satdan o‘limga duch kelib qolishi mumkinligi  haqida gapirardi.

Keyin u cho‘ntagidan yalpiz ta’mli konfetnichiqarib og‘ziga soldi, shirinlik tomog‘iga tushganastronom yo‘tala boshladi. U bir necha daqiqa ichidabo‘g‘ilib qolib, vafot etdi. Daniel du Tuaning so‘nggi so‘zlari uning taqdirini aks ettirdi.

1664 yilning 5 dekabrda Menay bo‘g‘ozida kema cho‘kib ketdi. 81 kishi halok bo‘ldi va faqat Xyu Uilyams ismli bir yo‘lovchi omon qolishga muvaffaq bo‘ldi.

1785 yilning 5 dekabrida sayoz bo‘g‘ozda yana bir kema cho‘kib ketdi.  Yo‘lovchilar orasidan faqat bir kishi, Xyu Uilyams ismli odam omon qolgan. 1940 yilda nemislar qo‘ygan minalar tufayli Menayda yana bir kema cho‘kib ketdi: unda ikki kishi - erkak va uning jiyani tirik qoldi. Qarindoshlar otdosh bo‘lib, ikkovining ham ismi Xyu Uilyams bo‘lgan.

Endilikda ingliz dengizchilarining kulgili (balki kulgili emasdir) bir an’anasi bor - kema halokatidan omon qolgan yagona odamga Xyu Uilyams degan “ism” beriladi.

***

Birinchi jahon urushi paytida inglizlar “Karmaniya” eski yo‘lovchi laynerini qurollantirib, undan harbiy kema sifatida foydalandi.

Dushmandan yashirish uchun inglizlar KarmaniyaniKap Trafalgar» nemis savdo kemasi sifatida “niqoblab” qo‘yishdi. 1914 yilning 14 sentyabrida Karmaniya Braziliya qirg‘oqlari yaqinida nemis kemasini cho‘ktirdi. Cho‘kib ketgan kema nemislar tomonidan Britaniyaning “Karmaniya”si sifatida niqoblangan haqiqiy “Kap Trafalgar” kemasi bo‘lib chiqdi. Mana sizga urush strategiyasi! Yoki... balki tasodifdir?

B.Muhammadiyeva tayyorladi.