Test sinovlariga 2 soat vaqt beriladi

AOKAda bo‘layotgan brifingda DTM direktori Majid Karimov test jarayonlari haqida ayrim qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda O‘zA muxbiri.

Jumladan, o‘tgan yillari test sinovlari katta pavilonlarda 3 ta smenada bo‘lgan edi. Joriy yilda esa stadionlarda 2 ta smenada test o‘tkaziladi.

2 ta fandan jami 60 ta test savollariga javob topish uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladigan bo‘ldi (O‘zA izohi - bundan avval 3 soat vaqt berilishi xabar qilingandi).

Shunda 1-smena 08:00 da boshlansa, 10:00 da tamom bo‘ladi. 2-smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Soat 10 dan 17 gacha stadionda hech kim bo‘lmaydi.

Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yo‘lakdan o‘tadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar ishlatiladi. Shuningdek, stadionda bo‘layotganligini inobatga olib, abituriyentlarga oq bosh kiyim (kepka) tarqatiladi.