TIV: Eronda qolib ketgan o‘zbek haydovchilari vatanga qaytishni rad etishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan o‘zbekistonlik haydovchilarning murojaati tarqalgan edi.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 7 mart kuni mamlakatimizning Tehron shahridagi elchixonasi COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilganligini, shu sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar o‘zbekistonlik haydovchi ekanligini tasdiqlagan.

Elchixonaning konsullik bo‘limi 23-fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi.

O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi Elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.