Tog‘li Qorabog‘ xalqaro hamjamiyatni ularning mustaqilligini tan olishga chaqirdi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan qaltis vaziyat sababli xalqaro hamjamiyatni Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi. 

“Biz xalqaro hamjamiyatni Arsax (Qorabog‘ning boshqa nomi) fuqarolarini yashash va tinch-osuda rivojlanish huquqlarini ta’minlash uchun Arsax respublikasi mustaqilligini tan olishga chaqiramiz. Hozirgi sharoitda Arsaxning xalqaro miqyosda tan olinishi mintaqada tinchlik va xavfsizlik tiklanishini yagona samarali yo‘li”, deyilgan vazirlik murojatida.  

Shu bilan birga tan olinmagan respublika tashqi ishlar vazirligi, Ozarbayjon-Turkiya qurolli tuzilmalari shaharlar, qishloqlar va fuqarolik ob’yektlarini maqsadli o‘qqa tutayotganini, tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar borligini qo‘shimcha qildi.