Tojikiston Hukumati huzuridagi ijro xizmati boshlig‘i Ilyos Idriszoda Samarqandga keldi
- 05.12.2019 17:16
- 289
- Samarqand
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi ijro xizmati boshlig‘i Ilyos Idriszoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Tojikistonlik mehmonlar Hazrati Doniyor, Shohi Zinda majmualari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi faoliyati bilan tanishish jarayonida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda tadbirlar tashkil etish, sud qarorlari ijrosini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa