Toshkentda homilador ayol koronavirus infeksiyasini yuqtirgani aniqlandi
- 20.04.2020 09:31
- 262
- COVID-19
Respublika perinatal markazi (SamPI)da homilador ayollardan birida koronavirus aniqlangani bois karantinga olindi. Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.
“16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3-tug‘ruqxonaga ko‘chirildi. RPM karantinga yopildi. Hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmagan”, dedi u.
Perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etilishi ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!