To‘siqlar orasidan yorib chiqqan eman. Shaxsiy avtomashinaga ega daraxt: Tabiat sivilizatsiya ustidan g‘alaba qozongan 14 holat
Dunyo yaralibdiki, odamlar yo‘llar, uylar va shaharlar qurib keladi. Inshootlar qurilishida hududni tozalash maqsadida ba’zida daraxtlar kesiladi, bog‘lar qisqaradi, bu esa albatta atrof-muhitga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Bugun sizni tabiat taslim bo‘lmasligini ko‘rsatgan, to‘siqlar va devorlar orasida o‘sishda to‘xtamagan, shuningdek, o‘z shoxlari bilan odamlar qoldirgan narsalarni o‘zlashtirib olgan, odamlarga ularning yaratganlari qanchalik nozik ekanligini isbotlab berishga qaror qilgan daraxtlarning fotosuratlar “galereyasi” bo‘ylab sayohatga taklif qilamiz.
Albatta, tabiat yaratgan bunday “asar”larning kelib chiqishi haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Lekin bu yerda izoh yuritish ortiqcha bo‘lsa kerak.
To‘siqlar orasidan yorib chiqqan eman daraxti

Daraxt tunukani yutib yuborishiga oz qoldi

Hatto beton plitalar bo‘ylab ildiz otayotgan daraxt

Bu daraxtning shaxsiy avtomashinasi bor

Tabiat va musiqa uyg‘unlashsa...

Garovga olingan stul

U bu yerga qanday kelib qoldi?

Panjarani “qanoti osti” qilgan daraxt

O‘rmondagi belgi

Unutib qoldirilgan velosiped

Pochta qutisi

Mashinadan o‘sib chiqqan daraxt

Baribir tabiat g‘olib bo‘ldi

Sayohatni Bahora uyushtirdi.