Toyloq tumanidagi mahallalarga “Mahalla” gazetasi nega bormayapti?
- 12.02.2019 17:25
- 151
- Mutolaa
Toyloq tumanidagi korxona-tashkilot va muassasalarda bo‘lib, ular tomonidan obuna bo‘lingan davriy nashrlarning nashr tarqatuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berish ahvoli bilan tanishdik.
Tumandagi Toyloq pedagogika kollejiga haftaning chorshanba va shanba kunlari va 24-umumta’lim maktabiga haftaning juma kunlari gazeta “Matbuot uyushmasi” tomonidan yetkazib beriladi. Qishloq xo‘jaligi bo‘limi “Samarqand nur ekspress” tashkiloti tomonidan “Qo‘shchinor”, “Zarafshon”, “Xalq so‘zi” gazetalari va “Fermer” jurnaliga obuna bo‘lgan. Ammo “Samarqand nur ekspress” faqatgina ushbu tashkilotning emas, balki fermerlarning ham obunasini Pochta xizmati orqali haftada bir bor bo‘limga tashlab ketadi. Demak, fermer xo‘jaliklarga nashrlarni tarqatish o‘z-o‘zidan qishloq xo‘jaligi bo‘limi zimmasiga yuklanadi.
Tumandagi Sariosiyo va Bog‘izag‘on mahallalariga faqatgina “Qo‘shchinor” tuman gazetasi yetkaziladi. Ammo Sariosiyo mahallasi raisining aytishicha, “Mahalla” gazetasiga ham yillik obuna bo‘lingan, yilning ikkinchi oyida ham ushbu gazeta nashri mahallaga yetib kelmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim