Tramp bilan do‘stlik, keng shim va atom bombalar yoki Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 10 yillik hukmronligi nima bilan esda qoldi?

(Ikkinchi maqola)

Inson huquqlarining buzilishi

Kim Chen In inson huquqlarini muntazam ravishda buzishda ayblanmoqda. Mamlakatda qat’iy qonunlar mavjud bo‘lib, ularni buzganlik uchun o‘lim jazosi yoki mehnat lagerlariga surgun qilish tahdidi mavjud. Omon qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar u yerda g‘ayriinsoniy sharoitda saqlanadi.

Ким Чен Ын на конференции Корейской народной армии

Shimoliy Koreyadan kelgan qochqin ayol Chjixen Pak OAVlarga bergan intervyusida mahbuslar ochlikdan qiynalishi, kazarmada derazalar yo‘qligi sababli havo bo‘g‘iq, dahshatli hid tutganini aytib berdi. "Biz qocholmasligimiz uchun yalangoyoq ishlashga majbur qilishardi", deb eslaydi u. - Yuvinishga imkon yo‘q, dori berishmasdi”.

Otto Vombiyerning hikoyasi

Отто Вомбиер в КНДР

Qamoqxona xodimlari qurbonlari nafaqat Shimoliy Koreya fuqarolari, balki xorijliklar ham bo‘lgan. 2016 yilda amerikalik talaba Otto Vombiyerning hikoyasi butun dunyoni hayratda soldi: u Pxenyanga sayyohlik guruhi bilan kelgan edi. Xorijlik sayyohlar to‘xtaydigan “Yangakto” mehmonxonasida u targ‘ibot plakatini uzib oldi. Talaba “Koreya xalqi birligini buzishga urinish”da ayblanib, 15 yilga qamaldi. 2017 yilda Vombiyer komaga tushib qolgach AQShga qaytarildi. Oradan olti kun o‘tib hushiga kelmay olamdan o‘tdi. Vombiyerning ota-onasi uni qamoqxona nazoratchilari tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan deb o‘ylaydi.

Temir qo‘l

Ким Чен Нам

Shimoliy Koreya rahbari deganda, ko‘pincha namoyishkorona repressiya, nomaqbul yoki aybdor bo‘ysunuvchilarni shafqatsiz va ba’zan dahshatli qatl etuvchi zolim ko‘z oldiga kelishi bejiz emas. OAV xabarlariga ko‘ra, u bir generalni minomyotdan o‘qqa tutgan, yana bir yuqori martabali amaldorni itlarga yem qilgan. Kim Chen Ir manfaat yo‘lida hatto o‘z yaqinlarini ham ayamagan, misol uchun 2013 yilda u vafotidan keyin regent bo‘lishi bashorat qilingan amakisi Jang Sung Taekni qatl qilgani ma’lum.

Tramp bilan murosa

Bularning barchasiga qaramay, Shimoliy Koreya rahbari va Amerika prezidenti Donald Tramp o‘rtasida kutilmagan do‘stlik paydo bo‘ldi. Trampning o‘zi aytganidek, ikki yetakchi “bir-birini sevib qolishdi” va amerikalik siyosatchi “sevgi” deb atagan 27 ta maktub almashishdi.

Встреча Ким Чен Ына и Дональда Трампа на границе Северной и Южной Кореи

KXDR va AQSh yetakchilari Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish uchun Singapur va Xanoyda ikkita sammit o‘tkazdi. Biroq, ikkala tomon ham jarayonning kechishi borasidagi kelishmovchiliklar tufayli sezilarli muvaffaqiyatga erishilmadi. Amerika rahbariyatining o‘zgarishi bilan muzokaralar to‘xtadi va Oq uyning yangi egasi bilan uchrashuvlar umuman kutilmadi. Jo Bayden lavozimiga kirishmasdanoq Kim bilan faqat bir shart - yadro qurolidan ixtiyoriy voz kechilsa uchrashishini aytdi. Lekin ko‘rinib turibdiki, bu Shimoliy Koreya rahbariyati uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan talab.

Vladivostokka zirhli poyezdda

Ким Чен Ын во время визита в Россию в 2019 году

Shimoliy Koreya rahbari Rossiya bilan ham munosabatlarni yaxshilashga kirishdi. 2019 yil aprel oyida u Vladivostokka zirhli poyezdda yetib keldi. Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng esa KXDR yetakchisi uchun to‘liq ko‘ngilochar dastur taqdim etildi. Kim Rossiya prezidenti bilan “juda mazmunli muloqot” o‘tkazganini aytdi va unga “o‘tgan ajoyib vaqt” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan Shimoliy Koreya o‘zini tashqi dunyodan ajratib qo‘ydi va chegaralarini yopdi. So‘nggi ikki yil ichida Kim Chen In boshqa davlatlar rahbarlari bilan birorta ham uchrashuv o‘tkazmadi.

Kimning g‘oyib bo‘lishi

Ким Чен Ын с сестрой Ким Ё Чжон

O‘zining hukmronligi davomida Kim vaqti-vaqti bilan jamoat maydonidan g‘oyib bo‘lar edi: so‘nggi bir necha yil ichida bunday yo‘qolishlar ayniqsa tez-tez sodir bo‘ldi. Bu uning kasalligi haqida mish-mishlarni keltirib chiqardi. Kuzatuvchilarni ayniqsa, Shimoliy Koreya yetakchisining 2020 yil bahorida dom-daraksiz ketishi xavotirga soldi – o‘shanda OAV va tahlilchilar Kim vafot etishi mumkinligini istisno qilishmadi, mamlakat rasmiylari esa buni rasman e’lon qilishga shunchaki tayyor emas deyilardi.

Bu bilan parallel ravishda Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning roli sezilarli darajada oshdi. 2020 yil aprel oyida Yaponiya OAVlari 2019 yil oxirida Shimoliy Koreya hukumati favqulodda reja ishlab chiqqani haqida xabar bergan edi. Unda Kim Chen In mamlakatni boshqara olmasa, barcha vakolatlar uning singlisiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan edi. Bu orada Kimning yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

2021 yilning may oyida Kim deyarli yana bir oy ommaga ko‘rinmadi - bu uning ahvoli yomonlashgani haqida yana mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shubhalar Kimning ommaviy faoliyatga juda ozgan holda qaytganligi bilan tasdig‘ini topdi. Kuzda Shimoliy Koreya yetakchisi yanada vazn yo‘qotdi. Shunga qaramay, Janubiy Koreya razvedkasi Kim kasal emas, shunchaki ozgan, degan xulosaga keldi. Ba’zi kuzatuvchilar buni rahbar oilaviy yurak-qon tomir kasalliklariga moyilligi tufayli shunchaki sog‘lom turmush tarziga o‘tganligi bilan izohladi.

Yangi iqtisodiyot

Hukumatga kelishi bilan Kim Chen In mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan faol shug‘ullandi. Ehtimol, u 1990 yillarda Shimoliy Koreyada turli hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb uch million odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli ocharchilikka qarshi ota hukmronligi assotsiatsiyasidan uzoqlashishga harakat qilgan bo‘lsa ajab emas.

Ким Чен Ын во время визита на фабрику

2013 yilda hukumat korxonalarni liberallashtirish choralarini ko‘rdi. Kim shuningdek, mamlakat kosmetika sanoatini xalqaro miqyosda raqobatbardosh qilish, tog‘-chang‘i kurortlari, ot minish klublari, skeyt-parklar, ko‘ngilochar bog‘lar, yangi aeroport va delfinariy qurishni buyurdi. Shimoliy Koreya rahbari uy-joy sohasini faol rivojlantirishga kirishdi: Pxenyanda ko‘p qavatli turar-joy majmualari va osmono‘par binolar paydo bo‘ldi.

Biroq, qattiq xalqaro sanksiyalar, pandemiya va yomon hosildorlik Kimning zamonaviy va moslashuvchan iqtisodiyotni qurish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarini chippakka chiqardi. Mamlakat ocharchilik xavfiga yuzma-yuz turibdi: Shimoliy Koreya hukumati oziq-ovqat yetishmasligi sababli armiya zaxirasidan guruch tarqata boshlagani Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotidan ayon bo‘ldi.

Mashaqqatli yurish

2021 yil aprelida Shimoliy Koreya yetakchisi mamlakatdagi vaziyatni “tarixda eng og‘ir” deb atadi va vatandoshlarini yangi “mashaqqatli yurish”ga tayyorlanishga chaqirdi. Mamlakatda 1990 yillardagi iqtisodiy inqiroz va ocharchilik davri shunday atalgan edi.

Ким Чен Ын на выставке оборонной промышленности, октябрь 2021 года

Ammo nima bo‘lganda ham KXDR o‘z yadro dasturidan chekinmoqchi emas. Aksincha: mamlakat qurollarni, jumladan yangi turdagi sinovlarni davom ettiryapti: yaqinda Shimoliy Koreya harbiylari suvosti kemasi va poyezddan ballistik raketalarni uchirdi, birinchi marta gipertovushli va qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi. Oktyabr oyida Kim mudofaa sanoati ko‘rgazmasida qatnashganida AQShning dushmanlik siyosatiga qarshi tura oladigan "yengilmas armiya" yaratishga va’da berdi.

G.Xoldorova tayyorladi.