Tramp muhojirlar uchun konslager qurayotgani xabar qilindi. Shvetsiyada Qur’onni namoyishkorona yoqqan odam otib ketildi. Zelenskiy urush qachon tugashini aytdi

🔹 AQSh prezidenti Guantanamo bazasida noqonuniy muhojirlar uchun lager tayyorlashni buyurdi. Uning yangi farmoniga ko‘ra, u yerda 30 mingga yaqin odam joylashtirilishi mumkin.

🔹 Stokgolmda iroqlik 38 yoshli erkak o‘q jarohatlari bilan topildi. Shvetsiya matbuotiga ko‘ra, u voqea joyida vafot etgan. OAV xabar berishicha, o‘ldirilgan erkak Qur’on varaqlarini namoyishkorona yoqishi bilan tanilgan. U bugun sudda nafrat qo‘zg‘atganlikda ayblanishi kerak edi.

🔹 Isroilda BMTning Falastinlik Qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Qonun agentlikning Isroildagi ishi rasman yakunlanganini bildiradi. Bu mintaqadagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatishga ta’sir qilishi mumkin.

🔹 Kuba AQShning muhojirlarni Guantanamodagi harbiy bazaga joylashtirish qaroriga qarshi chiqdi.

🔹 G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish jarayoni bugun anklavning bir qancha hududlarida davom etgan. Almashish doirasida sakkiz nafar garovga olingan: uch nafar isroillik va besh nafar Tailand fuqarosi ozod qilinadi. Bunga javoban Isroil 110 falastinlik mahbusni ozod qiladi.

🔹 Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 29 yanvar kuni hibsga olingan aksilhukumat namoyishlarining 13 ishtirokchisini afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Ularni ozod qilish tabiiy ofat uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish bilan birga namoyishchilarning asosiy talablaridan biri edi.

🔹 2021 yil yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishdan keyin AQSh prezidenti Donald Trampning Facebook» va «Instagram»dagi sahifalari bloklagani uchun «Meta» korporatsiyasidan tovon puli - 22 million dollar prezident kutubxonasi fondiga, qolgani esa sud xarajatlariga yo‘naltiriladi.

🔹 Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi adolatli tinchlikka erishish mumkin bo‘lganda tugaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytdi. Ukraina prezidentining fikricha, tinchlikning dastlabki sharti Rossiyaning barcha harakatlari uchun adolatli javobgarlikdir. Qachonki bunga erishilsa, urush tugaydi”, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

🔹 Ahmad al-Shara Suriya prezidenti deb e’lon qilindi. U o‘tish davrida Suriya prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ladi.

🔹 Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadni qaytarishni talab qilishdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotni izohlashdan bosh tortdi.