Turkiya koronavirus pandemiyasining ikkinchi yuqori nuqtasini e’lon qildi
- 19.10.2020 15:15
- 193
- COVID-19
Bir kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 1815 nafarga oshdi. Bu joriy yilning 8 may sanasidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatgich sanaladi. Bu haqda 18 oktyabr kuni RIA Novosti nashri Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Mamakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Xo‘janing so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi Turkiyada o‘zining ikkinchi yuqori nuqtasiga yetgan. Sentyabr oyida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati va kasallik oqibatida ro‘y bergan o‘lim holatining so‘nggi to‘rt oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan edi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan bayonotda 18 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 347 493 kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ulardan 9 296 nafar bemor halok bo‘lgan va 304 003 nafar bemor tuzalgan.