Turkiyada dengiz ostida 3600 yil avval cho‘kkan kema qoldiqlari topildi
- 09.05.2019 10:53
- 84
- Xorij
Turkiyada, Kemer shahri qirg‘oqlaridan dengiz ostida bundan 3600 yil avval cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi. Bir guruh arxeologlar kemani tadbiq etish uchun Turkiya madaniyat va turizm vazirligidan ruxsatnoma oldilar.
Bu haqda Antaliya shahri meri Munir Karao‘g‘lu xabar berdi.
Arxeologlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, kema eramizdan avvalgi 1600 yillarda cho‘kib ketgan va uning uzunligi 14 metrni tashkil etadi. Kema 1.5 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan.
Shahar meri Munir Karao‘g‘luning ma’lum qilishicha, ushbu topilmalar butun dunyoni hayratga solgan. Ayniqsa, Turkiyadagi markaziy muzeylar bu topilmaga jiddiy qaramoqdalar. Topilmalar Kemer shahrida qayta tiklanib, Bodrum shahridagi suvosti topilmalari arxeologiya muzeyiga topshiriladi.