Turkiyada jamoat transportida tik turgan holda harakatlanish taqiqlandi
- 09.09.2020 17:50
- 44
- Xorij
Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo‘g‘an mamlakatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holati ko‘payganligi sababli, jamoat transportida tik turgan holda harakatlanish taqiqlanganini m’lum qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda infeksiya tarqalishi faollashgan. Shu sababli koronavirus bilan kurash olib borish chora-tadbirlari kuchaytiriladi.
“Kafe va restoranlar yanada qattiqroq nazorat qilinadi. Jamoat transportlarida tik turgan holda xarakatlanish qat’iy taqiqlanadi”, dedi prezident.
Shuningdek, u niqob taqish rejimini buzganlarning barchasi jarimaga tortilishini ta’kidladi.
Teglar:
Turkiya