Turkiyada katta gaz konining topilishi Rossiyani eksport bozoridan mahrum qilishi mumkin
- 06.11.2020 14:39
- 213
- Xorij
Qora dengizning Turkiyaga qarashli hududida mamlakat tarixida eng katta tabiiy gaz koni aniqlandi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, hukumat ushbu gazni nafaqat o‘z fuqarolariga yetkazib berishni, balki eksport qilishni ham rejalashtirmoqda.
Bu xabar rossiyalik gazchilarni sarosimaga solib qo‘ydi. Gap shundaki, Rossiya Yamaldan Yevropaga tortgan «Janubiy oqim» gaz quvurini Bolgariya rad etgandan keyin uni «Turk oqimi» nomi bilan atab Turkiya bozoriga bergan edi. Endi esa Turkiyaning o‘z gaziga ega bo‘lishi Rossiyani eksport bozoridan mahrum qilishi mumkin.
«Mir novostey (2020 35-son) haftanomasidan T.MUROD tayyorladi.
Teglar:
Turkiya