Turkiyada terrorchilik guruhiga a’zolikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

"Turkiyada IShID terrorchilik guruhiga a’zolikda gumonlanib bir guruh kishilar qo‘lga olingan. Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor". Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

27 mart kuni Turkiya mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan IShID xalqaro terrorchilik guruhiga a’zo deb gumon qilinayotgan 70 kishi ushlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qo‘lga olinganlar orasida Andijon viloyatida tug‘ilgan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlangan. Advokatlar aralashuvi natijasida uning terrorchilik guruhiga aloqasi borligi haqidagi vajlar o‘z isbotini topmagan va qo‘yib yuborilgan.