Turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan vafot etdi
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasiga tayanib mahalliy nashrlar ma’lum qildi.
Boyovut tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 2020 yil 6 noyabr kuni soat 13:35larda bergan xabariga ko‘ra, Boyovut tumani Qaropchi mahallasida yashovchi fuqarolar - 1995 yilda tug‘ilgan Sh.M. hamda uning turmush o‘rtog‘i, 1999 yilda tug‘ilgan D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, yashash xonadonida vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.M. va D.M.larning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Vafot etgan marhum va marhumaning turmush qurishganiga hali bir oy ham to‘lmagan yosh kelin-kuyovlar bo‘lgan.