Ukraina askari o‘z xizmatdoshlarini otib tashlagani videosi tarqaldi (+18)
Dneprda (sobiq Dnepropetrovsk) Ukraina Milliy gvardiyasi askari qo‘riqchilarga qarata o‘t ochdi, besh kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi, deb xabar berdi Ukraina IIV matbuot xizmati.
Voqea bugun 3:40 (Toshkent vaqti bilan 6:40)da "Yujmash" janubiy mashinasozlik zavodi hududida sodir bo‘lgan.
“Ukraina Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi, 2001 yilda tug‘ilgan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan Ryabchuk Artemiy noma’lum sabablarga ko‘ra qurol berish chog‘ida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari qo‘riqchilariga Kalashnikov avtomatidan o‘q uzgan va qurol bilan g‘oyib bo‘lgan, deyiladi hisobotda.
Otishmada halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar harbiy va bir fuqaro ham bor, deb xabar berdi Ukraina Milliy politsiyasi. Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida yaradorlardan biri vafot etgan.
Dneprda politsiyaning "Sirena" operatsiyasi joriy etildi. Milliy politsiya va Milliy gvardiya bo‘linmalari trevoga bo‘yicha ko‘tarildi. Zavod hududi o‘rab olingan.
"Hodisaga oydinlik kiritish ishlari davom etmoqda. Harbiy qismda ichki tergov boshlandi. Tergovga harbiy qism qo‘mondonligi vakillari yordam beradi. Jarohat olgan harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", - deyiladi Milliy gvardiya xabarida dedi.
Voqea joyida Milliy politsiya viloyat bosh boshqarmasi rahbariyati, tergov-tezkor guruhi, sud-tibbiyot ekspertlari, barcha maxsus xizmatlar hozir bo‘lishdi.
Tergovni Davlat tergov byurosi va harbiy prokuratura vakillari olib boradi.
Jinoyat sabablari hozircha noma’lum.