Ukraina prezidenti inaguratsiya marosimiga nechta prezident keladi?
- 19.05.2019 18:22
- 236
- Xorij

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Zelenskiyning innaguratsiya marosimiga keladigan nufuzli mehmonlarning kimligi aniq bo‘ldi.
Marosim ertaga, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanadi.
Marosimda Zelenskiy qasamyod qabul qiladi va Ukrainaning yangi prezidenti sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
Kiyevda o‘tadigan ushbu tantanali marosimda Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya, Vengriya prezidentlari, Turkiya vitse-prezidenti, Moldaviya Bosh vaziri, Ozarbayjon hukumat raisi, AQSh energetika vaziri, Kanada Mudofaa vazirining qatnashishlari aniq bo‘ldi. Ertaga, marosim boshlanguncha yana bir qator nufuzli mehmonlar kelishi kutilayapti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidentining inaguratsiya marosimiga rasmiy Moskva hech qanday taklifnoma olmaganini va shu tufayli hech kim bormasligini ma’lum qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 15 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat