Ukraina prezidenti kim bo‘ladi?

Hozircha V.Zelenskiyda imkoniyat ko‘p. Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy saylovlarning ikkinchi turi oldidan saylovchilarning 61 foizini, amaldagi prezident P.Poroshenko esa 24 foiz ovoz oldi, - deyiladi «Reyting» ijtimoiy guruhi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada. 

Bu prezidentlikka saylovlarning ikkinchi turi oldidan o‘tkazilgan ilk ijtimoiy so‘rov edi. Ukraina bo‘ylab (Donbasdan tashqari) 5 apreldan 10 aprelgacha o‘tkazilgan so‘rovnomada Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlagan ukrainaliklarning 41 foizi Poroshenkoga qarshi ovoz berishini ta’kidlab o‘tishgan. Ijtimoiy so‘rovnomada 3 mingdan ortiq respondentlar ishtirok etishgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni mamlakat prezidentligiga saylovlar o‘tkazilgan edi. Unda nomzodlarning birortasi ham yetarlicha ovoz to‘plolmaganligi uchun 21 aprelda ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi. Unda P.Poroshenko va V.Zelenskiy mamlakat rahbarligi uchun kurash olib boradi.