Ukraina Qrim portlariga kirgan 32 ta kemani hibsga oldi

Ukraina sudi Qrim portlariga kirib kelgan 32 ta kemani norasmiy ravishda hibsga oldi. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi tarkibiga kiruvchi Qrim muxtor respublikasi prokuraturasi saytida xabar berilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kemalar yarim orolga kirish-chiqish tartibini buzgan va shu bilan Ukraina suverenitetiga putur yetkazgan. Prokuraturada kema egalari, operatorlari va kema kapitanlari bunday harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlashdi. Shuningdek, Ukraina vakillari ushbu kemalarni qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritish va ularni to‘liq rasmiy hibsga olish to‘g‘risida so‘rov bilan Interpolning Ukraina byurosiga murojaat qilishga va’da berishdi.

Avvalroq Qrimga uchadigan Rossiya aviakompaniyalarining 44 ta samolyoti Ukrainada rasmiy ravishda hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Hibsga olish, shuningdek, Qrim muxtor respublikasi prokuraturasining rasmiy iltimosiga binoan amalga oshirilgan.

Qrim 2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng yarimorolning aksariyat aholisi qarorni qo‘llab-quvvatlagan holda Rossiya tarkibiga kirdi. Ukraina Qrimni istilo qilingan, deb hisoblaydi.