Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga tuxum otishdi
- 12.08.2019 16:16
- 292
- Xorij

Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenko Davlat tergov idorasiga “Pryamoy” telekanalini sotib olish chog‘ida soliq to‘lashdan qochish ishi bo‘yicha so‘roqlarga javob berganidan so‘ng, unga noma’lum shaxslar tuxum otishgan. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Poroshenko dushanba kuni Davlat idorasiga tergov berishga keldi, tergov deyarli uch soat davom etdi. Poroshenko Davlat idorasidan chiqishi bilan noma’lum shaxslar unga qarata tuxum ota boshlashdi, ular otgan tuxumlar jurnalistlarga, sobiq prezidentning tarafdorlariga va ichki ishlar xodimlariga tekkan.
Tergovdan so‘ng Poroshenko jurnalistlar bilan biroz suhbatlashgan.
Ilgariroq Davlat tergov idorasining boshlig‘i Roman Truba, Poroshenko va boshqa yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan 11 ta jinoiy ish ko‘rib chiqilayotgani haqida bayonot bergan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo