Ukrainada mansabdorlarning turmush tarzi monitoringi joriy etiladi
Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy agentligi (KQKMA), mansabdor shaxslar va deputatlar turmush tarzi, deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga rioya qilinishi monitoringi ish boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda 6 iyul kuni KQKMA matbuot xizmati ma’lum qildi.
- Endilikda Ukraina hayot tarzi monitoringidan foydalanayotgan olti mamlakatning biri. 10 ming griven (368 AQSh dollar atrofida) ishlab topayotgan mansabdor “Mercedes”da yursa, bunday holatni endi nafaqat jurnalistik tekshiruvlar kuzatadi, balki davlat darajasida nazorat qilinadi, - dedi KQKMA rahbari Aleksandr Novikov.
“Bunday monitoring, yetarli darajada kamtar daromadlarni deklaratsiyadan o‘tkazib, o‘zlari “lyuks” turdagi avtomobillarda yuradigan, qasrlar sotib oladigan, yaqin qarindoshlaridan qimmat sovg‘alar oladigan va shunga o‘xshash ishlar bilan band bo‘lgan mansabdorlarni aniqlashda yordam beradi”, izoh berilgan KQKMA saytida.
Agar agentlik, deklaratsiya bilan hayot tarzining bir-biriga to‘g‘ri kelmayotganini aniqlasa, bu to‘liq tekshiruv o‘tkazilishiga sabab bo‘ladi. Aniqlangan qonun buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni agentlik huquqni muhofaza qilish idoralariga topshiradi.